Özbekiston Afğoniston va Pokiston bilan özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş böyiça işçi guruh tuzadi, deb yozadi Anadolu.
Uning taşkil etilişi Islomobodda bölib ötgan uç tomonlama muzokaralar bayonnomasida körsatilgan. Ularda boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev, Pokiston savdo va sanoat vaziri Gohar Ijaz va uning Afğoniston muvaqqat hukumatidagi hamkasbi Hoji Nuriddin Aziziy iştirok etdi.
OAV xabarlariga köra, protokol boşqa narsalar qatorida bojxonada elektron hujjat aylanişini joriy etişni ham nazarda tutadi. Bundan taşqari, mamlakatlar savdo uçun viza tartibini soddalaştirişga kelişib oldi.
Şuningdek, qöşma sarmoyaviy loyihalar ustida işlaş, bank tizimini rivojlantiriş rejalaştirilgan. Yana bir istiqbolli yönaliş - oziq-ovqat xavfsizligi böyiça taşabbuslar.
Ijaz uşbu protokolni Toşkent, Kobul va Islomobod örtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni kengaytiriş yölidagi «muhim qadam» deb atadi. U savdo va tranzit taşuvlari yönalişida «yaxşi vaqt kelişini» kutayotganini bildirdi.
Afğoniston Sanoat va savdo vazirligi işçi guruh kelasi hafta yiğilişini ma’lum qildi. Uning asosiy vazifasi uç davlat örtasidagi savdo hajmini oşiriş va bunga tösqinlik qilayotgan tösiqlarni bartaraf etişdan iborat.

















