Ayrim yog‘ mahsulotlarini O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi
Kungaboqar va paxta yog‘i hamda aralash yog‘lardan tashqari boshqa o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.

Foto: Getty images
"Moyli urug‘larni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, o‘zlari import qilgan kungaboqar urug‘i va texnik chigitni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘ini yoki o‘zlari import qilgan o‘simlik yog‘ini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish)ga ruxsat beriladi.
Bunda, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan eksport qilinadigan o‘simlik yog‘i miqdori ular tomonidan import qilingan kungaboqar urug‘i va texnik chigit miqdorining 15 foizidan yoki import qilingan o‘simlik yog‘i miqdorining 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Kungaboqar va paxta yog‘i (TIF TN kodi 1512) hamda aralash yog‘lar (TIF TN kodi 1517909100)dan tashqari boshqa o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.
Belgilab qo‘yilishicha, qarorga asosan eksport qilish mumkin bo‘lgan o‘simlik yog‘i hajmini aniqlashda xo‘jalik yurituvchi sub’yekti tomonidan 2023 yil 1 sentabrdan boshlab import qilingan moyli urug‘ yoki o‘simlik yog‘i hajmlari inobatga olinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda zarur hollarda oziq-ovqat xavfsizligi, mamlakat aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ichki bozorda narx barqarorligidan kelib chiqib, o‘simlik yog‘i eksporti mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59
-
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?
Jahon | 22:28
-
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi
Jahon | 22:26
-
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

07:30 / 31.12.2024
O‘simlik yog‘ini olib kirishda nol boj stavkasi uzaytirildi

23:02 / 27.12.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri salkam uch haftaga yopiladi

19:10 / 25.12.2024
Tashkent City bog‘ida 10 yanvargacha avtomobillar harakati cheklanadi

07:40 / 03.12.2024