2008 yil 81 yoşida olamdan ötgan amerikalik olim Samuyel Xantington 1992 yili Amerika tadbirkorlik institutida nutq sözlarkan, keyinçalik dunyoda juda maşhur bölib ketgan va yangi nazariyaga aylangan bir fikr, başoratni bildirgan edi: “Dunyo taqdirini madaniyatlar töqnaşuvi va unda ustun kelgan tomonlar hal etadi”.
Ba’zi tahlilçilar nazarida turli jamiyatlarda erkinlik çeklanib, sivilizatsiyalar örtasidagi qarama-qarşiliklar kuçayib borar ekan, Xantingtonning taxminlari isbotini topyapti.
Ötgan bir oydan oşiqroq vaqt davomida yangi tölqinda davom etayotgan va ön minglab insonlar: norasida gödaklar, ayollar va boşqa begunoh insonlar ölimiga sabab bölgan Isroil-Falastin uruşi dunyo jamoatçiligini ham befarq qoldirayotgani yöq.
Katta bahslar avjida, dunyo yanada qutblaşib bormoqda. Ğarbning aksar mamlakat yetakçilari Isroilning özini-özi himoya qiliş huquqini qöllab-quvvatlayotgan bölsa, Şarq, musulmon dunyosi yahudiy davlatini bosqinçilikda ayblamoqda. Qutblaşiş diniy va geosiyosiy manfaatlarga asoslanmoqda.
Kun.uz muxbiri davom etayotgan şu uruşga marhum olim Xantington nazariyasi, asosida qarab suhbat ötkazdi. Xöş, madaniyatlar töqnaşuvi şunçaki nazariyami yo allaqaçon reallikka aylangan haqiqat?
Suhbat mehmonlari Faylasuf Viktor Alimasov, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov va siyosatşunos Hamid Sodiq böldi.
— Intervyuga kiriş sözimni bejiz Samuyel Xantington sözlaridan boşlamadim.
Zero, bugun dunyoda davom etayotgan qator kelişmovçiliklar, nizoli vaziyatlarga qarab, nahotki, olim haq bölsa, degan fikrga borasan kişi. Kelinglar, boşqa savol va fikrlarga, jumladan, bugungi suhbatimizning markaziy obektlaridan biri bölgan Isroil-Falastin uruşiga ötişdan avval dastlab şu savolni muhokama qilsak.
Bugun dunyoda bölayotgan mojarolarda xalqlarning, jumladan, ğarb va musulmon jamiyatlarining madaniy va diniy xususiyatlari qançalik asosiy manba?
— Viktor Alimasov:















