Ukrainada urushning 631-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Urushga qarshi varaqalar tarqatgani uchun qo‘lga olingan rossiyalik rassom Sasha Skochilenko  bo‘yicha yetti yilga qamaldi.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina Qora dengizda tashabbusni Rossiyadan tortib olganini ma’lum qildi — u yerda ukrain dronlari harakatlanmoqda.
  • Ukrainada prezident Zelenskiy ofisining sobiq vakili Oleksi Arestovichga qarshi jinoyat haqida bilaturib, yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
  • Kanada rossiyalik milliarder Oleg Boykoga qo‘llangan sanksiyalarni bekor qildi. Uning Finstar investitsiya holdingining asosiy biznesi — moliyaviy texnologiyalardir. Shuningdek, Boykoning aktivlari orasida «Riv Gosh» parfyumeriya tarmog‘i hamda ko‘ngilochar sanoat sohasida faoliyat yurituvchi Ritzio Entertainment kompaniyasi ham bor.
  • Estoniya Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini qisman yoki to‘liq yopdi. Avvalroq Finlandiya hukumati 18 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti yopilishini ma’lum qilgandi. Norvegiya ham chegaradagi yagona punkt yopilishi mumkinligini istisno etmagan.

Izyumdagi vayrongarchilik

Izyum yaqinidagi o‘rmonning artilleriya hujumidan keyingi ko‘rinishi. Rossiyalik harbiylar shaharni urushning ilk haftalarida egallab olgan, Izyum 2022 yil sentabrdagi qarshi hujumdan keyin Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytgan
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Izyumning ko‘rinishi
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Bolalar o‘ynaydigan futbol maydoni yoniga tushgan snaryad hosil qilgan o‘ra
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images