Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) yolğizlikni global salomatlik uçun tahdid deb e’lon qildi. Uning odamga zararli ta’siri kuniga 15 ta sigaret çekiş bilan barobar.
JSST yolğizlik muammosi böyiça xalqaro komissiyasi xabarida «Har kim, har qanday joyda yolğiz yoki ijtimoiy jihatdan izolyatsiya qilingan bölişi mumkin», deb ta’kidlanadi.
Qayd qilinişiça, odamlarning ijtimoiy faolligini töxtatgan COVID-19 pandemiyasi tufayli yolğizlik muammosi oğirlaşgan, şuning uçun yolğizlik darajasi ham oşgan.
«Yolğizlik heç qanday yoş va çegara bilmaydi va soğliq, farovonlik va rivojlanişning barça jabhalariga ta’sir qiluvçi global muammoga aylanmoqda», deyiladi xabarda.
JSST ta’kidlaşiça, yolğizlikning inson salomatligi uçun xavfi kuniga 15 ta sigaret çekiş bilan teng. Uning zarari semizlik va kam harakatli turmuş tarzidan ham köproq ekanligi aytilmoqda.
JSST qöşimça qilişiça, dunyodagi har törtinçi keksa kişi ijtimoiy izolyatsiyani boşdan keçiradi, bu aqldan oziş (demensiya) xavfini 50 foizga va koronar arteriya kasalligi yoki insult xavfini 30 foizga oşiradi.
Bundan taşqari, tadqiqotlarga köra, dunyodagi ösmirlarning 15 foizigaça yolğiz. Ular maktabda yolğizlikni boşdan keçiradi va universitetni taşlab ketiş ehtimoli köproq. Işda jamoatdan uzilib qolgan va qöllab-quvvatlanmasligini his qilayotganlarning iş mahsuldorligi ham pasayişi mumkin.

















