Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish:
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha — 1 million 650 ming so‘mdan 3,3 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari bu BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi;
mansabdorlarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha — 4 million 950 ming so‘mdan 6,6 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari bu miqdor BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.













