Raqamli tenge

Qozog‘iston Markaziy banki raqamli tengeni rasman ishga tushirdi. Ekspertlar raqamli pullarni joriy etishning quyidagi afzalliklarini sanab o‘tishgan:

  • korrupsiyaga qarshi kurash;
  • oflayn formatda naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati;
  • vositachilar sonini kamaytirish hisobiga transchegaraviy to‘lovlarni tezlashtirish;
  • narxini pasaytirish. 

Raqamli tengeni to‘liq miqyosda joriy etish 2025 yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Xuddi shunday valuta Rossiyada ham joriy qilinmoqda. 15 avgustda raqamli rubl orqali to‘lovlarni amalga oshirish sinov tariqasida ishga tushirilgandi.

Snapdragon 7 Gen 3 protsessori

Qualcomm yangi Snapdragon 7 Gen 3 protsessorini taqdim etdi. Qayd etilishicha, yangi protsessor 4 ta yuqori unumdor yadroga ega: ulardan biri 2,63 GGs, qolgan 3tasi esa 2,4 GGs. Shuningdek, 1,8 GGs chastotali energiya tejovchi to‘rtta yadro ham mavjud.

Snapdragon 7 Gen 3 avvalgi Snapdragon 7 Gen 1 protsessoriga qaraganda 15 foizga tez. Uning asosidagi qurilmalar FHD+ ruxsatiga va 168 Gs chastotaga ega ekranlarni qo‘llab-quvvatlay oladi.

Foto: MobiDevices

Snapdragon 7 Gen 3 asosidagi birinchi qurilma Honor 100 smartfoni bo‘ladi. Bundan tashqari, Oppo, Vivo, ZTE, iQOO, OnePlus, Sony, Redmi, Realme va boshqa ishlab chiqaruvchilar ham keyingi qurilmalarida mazkur protsessordan foydalanishni rejalashtirishmoqda.

275 km tezlikda ortga harakatlanadigan giperkar

1914 ot kuchiga ega 4 ta mustaqil elektromotor bilan jihozlangan Rimac Nevera giperkari soatiga 275,74 km tezlikda ortga harakatlandi va dunyo rekordini o‘rnatdi