Janubiy Koreya hukumati va hukmron «Xalq kuçi» partiyasi yil oxirigaça it göştini iste’mol qilişni taqiqlovçi qonun qabul qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
«Jamiyatimizda uy hayvonlari sonining ösib borayotgani, mamlakatimiz xabardorligi va xalqaro hayotdagi iştirokini hisobga olgan holda it göşti iste’moliga çek qöyiş vaqti keldi», dedi deputat Yu Yi Don bu haqda.
Qonunga köra, 2027 yildan boşlab itlarni söyiş va göştini sotiş butunlay taqiqlanişi kutilmoqda. Şuningdek, it fermalari, söyiş joylari, çakana savdo dökonlari va restoranlari mahalliy hokimiyatlarga it göştidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş rejasini taqdim etişi talab qilinadi. Bunday reja taqdim etilgan taqdirda, biznes qöllab-quvvatlanadi.
Janubiy Koreyadagi ikkinçi yirik partiya, hozir muxolifatda bölgan Demokratik partiya ham qonun qabul qilinişi tarafdori. Sentyabr oyida uning vakillari taqiqni ma’qullaganini aytişgan.
It göştini taqiqlaş ğoyasi Janubiy Koreyada bir neça yillardan beri muhokama qilinmoqda. An’anaviy qaraşlarga ega bölgan ba’zi odamlar bunga qarşi - ular it göşti koreys oşxonasining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlaşadi.
Sönggi yillarda Koreyada yoşlar it göşti iste’mol qilişdan voz keçib, ularni uy hayvonlari sifatida saqlamoqda. 2022 yilda ötkazilgan tadqiqotda it göştini iste’mol qilgan 20 yoşli koreyslarning yarmidan köpi ota-onalari yoki yoşi uluğ işdagi hamkasblari tomonidan bosim ötkazilgani haqida xabar berişgan.
Janubiy Koreyada hukumat statistikasiga köra, it göştidan tayyorlangan mahsulotlarni sotuvçi 1150 ta it fermasi, 34 ta it göştini qayta işlaş zavodi, 219 ta distribyutor va 1600 ga yaqin restoran mavjud.

















