O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan mamlakat Tashqi ishlar vazirligining tashqi va global ishlar bo‘yicha davlat kotibi Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo AA
«Dunyo» xabariga ko‘ra, Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va ularga barqaror o‘suvchanlik bag‘ishlagani uchun minnatdorlik bildirgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi va ilgari erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jahongir G‘aniyev 2017 yildan buyon O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida faoliyat ko‘rsatib keladi. U dastlab Muvaqqat ishlar vakili, 2018 yilda favqulodda va muxtor elchi, Jahon sayyohlik tashkilotidagi (UNWTO) doimiy vakil bo‘lib ishlagan.
2020 yili o‘rindoshlik asosida Vatikandagi elchi etib tayinlangan, shuningdek, Xalqaro zaytun kengashidagi vakil etib tasdiqlangan.
2007−2012 yillarda Italiyadagi elchi va bir vaqtning o‘zida Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) huzurida doimiy vakil bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Astronavt koinotdan Yer ustidagi ulkan spraytni ko‘rsatdi
Jahon | 18:13
-
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 17:44
-
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi
Jahon | 17:18
-
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

10:20 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Ispaniyaning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14:21 / 31.05.2024
Ispaniyada kataloniyalik ayirmachilar uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

12:37 / 22.05.2024