“Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz davlat aksiyalar paketini 118 mlrd sömga “Mega comfort business” MÇJga sotiş böyiça kelişuvga erişildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ötkazilgan tenderda investorlardan “Biokimyo” AJni sotib oliş böyiça 3 ta ariza kelib tuşgan. Xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida Abrau Capital kompaniyasi jalb qilingan.
Davaktiv xabarida keltirilişiça, “Mega comfort business” mavjud takliflar orasida eng yuqori narx taklifini bildirgan. Şu bilan birga, xaridorning narx taklifi konsultant tomonidan hisoblangan korxonaning sotilişi mumkin bölgan indikativ narxlar oraliğida joylaşgan hamda mustaqil baholovçi tomonidan baholangan qiymatdan yuqori bölgan.
Ma’lumot uçun, 2022 yil 21 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev kimyo sanoatida erişilgan asosiy körsatkiçlar va rejalaştirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişib, kimyo zavodlaridagi davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça körsatmalar bergandi. Şundan söng, joriy yilning iyul oyida Davaktiv “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va “Andijon biokimyo zavodi” AJdagi 76 foiz davlat uluşini xususiylaştiriş jarayoni boşlanganini e’lon qilgandi.
“Biokimyo” AJ va uning xaridori haqida
“Biokimyo” AJ özining köp yillik tarixi davomida Markaziy Osiyoda etil va oziq-ovqat spirtining asosiy yetkazib beruvçisi bölib kelgan. Jamiyat 2007 yilda Yangiyöl gidroliz zavodi negizida taşkil etilgan bölib, sanoat va nosanoat obektlariga ega korxonaning umumiy maydoni 18,92 gektarni taşkil etadi. Uning ustav fondi 9,6 mlrd söm, işlab çiqariş quvvati esa yiliga 1,83 mln dekalitrni taşkil etadi. Zavod joriy yilning 9 oyida 33 mlrd söm sof foyda körgan.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor “Mega comfort business” MÇJ 2012 yil 4 sentabrda Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 50,1 mlrd söm. Faoliyat yönalişi – restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlari ttkaziş böyiça xizmatlar. Kompaniya ta’sisçilari – Mirkomil Yusupov, Yulduzxon Isxonbekova, Uluğbek Rajabov va Ravşan Alimov. Ularning har biri 25 foizlik uluşga ega. Rahbari sifatida Abduqodirova Kamola Ğofirjanovna körsatilgan.












