Jahon | 12:45 / 23.11.2023
5480
3 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya Rossiya bilan chegarada faqat bitta nazorat punktini qoldiradi

Finlandiya va Rossiya o‘rtasidagi 1340 kilometrlik chegarada faqat o‘tish mumkin bo‘lmagan «Raya-Yooseppi» o‘tish joyi ochiq qoladi, dedi Finlandiya bosh vaziri. Dastlab, qaror 23 dekabrga qadar amal qiladi.

Foto: Miska Puumala/Lehtikuva/dpa/picture alliance

Finlandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegarada muhojirlar oqimi bilan bog‘liq inqiroz kuchayib borayotgan bir paytda, Helsinki hukumati chegaraning 1340 kilometrlik qismidagi barcha o‘tish punktlarini yopishga qaror qildi, ulardan biri - eng qiyiniga tegilmaydi. Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo 22 noyabr, chorshanba kuni faqat mamlakat shimoli-sharqidagi «Raya-Yooseppi» o‘tish joyi ochiq qolishini bildirdi. U shimolda juda uzoqda joylashganki, «u yerga borish uchun ko‘p harakat qilish kerak», dedi Orpo. 

Bir kunda to‘rt soat ochiq bo‘ladigan ushbu nazorat punktida boshpana izlovchilar xalqaro himoyaga murojaat qilishi mumkin, deya ta’kidlaydi u. Hozirda ochiq qolgan uchta chegara punkti 24 noyabr kuni yarim tundan boshlab yopiladi, chora 23 dekabrgacha amal qiladi. Orponing so‘zlariga ko‘ra, sharqiy chegaradagi vaziyat yomonlashayotganining alomatlari kuchaymoqda. 

Finlandiya va Rossiya chegarasidagi inqiroz 

Finlandiya rasmiylari Rossiya bilan chegarani yopish qarorini uchinchi davlatlardan Rossiya hududi orqali kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimining keskin oshgani bilan oqlamoqda. So‘nggi kunlarda Iroq, Suriya, Yaman va boshqa Yaqin Sharq davlatlarining yuzlab fuqarolari Finlandiyaga borish uchun Rossiya chegarasini kesib o‘tdi. Avgust oyidan beri boshpana uchun ariza beruvchilar soni ortib bormoqda, biroq ularning aksariyatida Finlandiyaga kirish uchun kerakli hujjatlar yo‘q. 

Helsinki Rossiya tomonini oqimni uyushtirganlikda ayblab, bu 2015 yilda ham sodir bo‘lganiga ishora qildi. Finlyandiya chegara qo‘riqlash xizmati rahbari o‘rinbosari Markku Hassinenning aytishicha, rasmiylar buni «aniq tashkil etilgan» deb hisoblaydi, chunki «u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin emas». «Bu milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib, sharqiy chegara hududidagi hukumatlar faoliyatiga og‘ir yuk bo‘lib tushmoqda», dedi Hassinen. OAV xabariga ko‘ra, chegarani kesib o‘tganlar Rossiyani tark etishdan bosh tortgan, biroq chegarachilar ularni «Rossiya chegara postidan Finlandiya tomon itarib yuborgan»

O‘tgan haftada birinchi beshta chegara o‘tish punkti ishlashdan to‘xtadi: to‘qqiztadan to‘rttasi («Imatra», «Niirala», «Nuyyamaa» va «Vaalimaa») - 18 noyabrga o‘tar kechasi, beshinchi nazorat punkti - «Vartius» - 19 noyabrdan. Bundan oldin Finlandiya hukumati «Vartius»dagi chegarachilarga yordam berish uchun qurolli kuchlarni yuborgan.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid