Fuqaro Ural Begimqulov Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimligiga 2023 yilda işlab çiqarilgan “Equinox” avtomobilini hadya qildi. 2023 yil 17 oktyabr kuni tuman hokimi Anvar Normamatov avtomobilni tuman hokimligi balansiga ötkaziş töğrisidagi farmoyişga imzo çekkan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan söng hokim farmoyişi E-qaror portalida yaşirib qöyildi. Bunga sabab qilib odatdagidek hujjat mazmunida “şaxsga doir ma’lumotlar yoki qonunçilikka muvofiq boşqa turdagi foydalaniş çeklangan axborot” mavjudligi körsatilgan.

Farmoyişdan köriş mumkinki, hokimlikka qimmatbaho avtomobil sovğa qilgan şaxs – Ural Begimqulov Xalmurzayeviç.

Ural Begimqulov ayni vaqtda “Qumtex Invest” MÇJning rahbari hisoblanadi. Yaşaş uçun möljallanmagan binolarni quriş bilan şuğullanadigan bu korxona ta’sisçilari turli xil klaster va tekstillarga çatişib ketgan.

Nima uçun şunday yirik korxona hokim(lik)ga Equinox sovğa qilgani borasida hozirça biror izoh berilgani yöq.

Ma’lumot uçun, amaldagi hukumat qarori bilan tasdiqlangan me’yorlarga köra, Özbekistondagi barça tuman va şahar hokimliklari uçun xizmat maşinalarini sotib olişning eng yuqori narxi BHMning ming barobaridan (hozirgi kunda 330 mln söm) oşmasligi kerak. Hokimlikka sovğa qilingan Equinox avtomobilining eng arzon opsiyalari esa 408,4 million sömdan boşlanadi.

Bu holatda kamida 2 ta şubhali vaziyat oçiq körinib turibdi. Tadbirkor qanday manfaat evaziga hokimlikka 33 ming dollardan qimmat turadigan maşinani hadya qilmoqda?

Agar manfaatdorlik bölmasa, nega hokim farmoyişi jamoatçilikdan yaşirib qöyilgan va holatga izoh berilmayapti? Bundan taşqari, hokimlik hukumat qarorida belgilangan me’yorlarga amal qilmayapti.