BAA Rossiya moliyaviy oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Rossiya firmalari mahalliy banklarning sinchkov nazorati ostiga olinadi. Bunga sabab - AQShning bosimi.
Bloomberg nashriga ko‘ra, bu qarorga g‘arb davlatlarining Rossiyaga savdo sanksiyalarini aylanib o‘tish uchun yo‘l qoldirmaslik borasidagi bosimi sabab bo‘lgan.
«Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan bir yil o‘tgach BAA Rossiya mablag‘lari oqimini qabul qilib olgan, kompaniyalar bank operatsiyalariga tez va oson moslashib olishgan», — deyiladi materialda.
Nashrning qayd etishicha, bu jarayon borgan sari murakkablashib bormoqda, rad etishlar odatiy holga aylanmoqda, chunki BAA sanksiyalar bilan bog‘liq risklarga yaxshiroq e’tibor qarata boshlagan va «kulrang ro‘yxat» deb ataluvchi ro‘yxatdan chiqishga intilmoqda.
«Moliyaviy mutanosiblik nuqtayi nazaridan BAAda Rossiya fuqarosi sifatida yashash ancha qiyin bo‘lib qoldi, vaziyat esa yanada keskinlashib bormoqda», — degan Bloomberg nashriga intervyusida Dubaydagi transchegaraviy bitimlar va bank hisobvaraqlari bo‘yicha maslahatchi Darya Nevskaya.
Rossiyaga yoki uchinchi davlatlarga pul o‘tkazmalari endi yanada qat’iyroq tekshirilmoqda va ko‘proq vaqt talab etmoqda. Ayrim banklar ko‘proq hujjat talab qilmoqda, ba’zan o‘tkazmani asoslab berish yoki pullarning kelib chiqish manbasini ko‘rsatishni talab qilib, mablag‘larni bloklab qo‘ymoqda.
BAA shuningdek, FATF (pul yuvishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi) doirasida mijozlardan sanksiya ro‘yxati bilan bog‘liq ko‘proq informatsiya talab etish kabi qo‘shimcha choralarni ham qo‘llamoqda.
BAA tashqi savdo davlat vaziri Soniy az-Zayudiy FATF doirasida banklar hozirgi va opotensial mijozlardan qo‘shimcha informatsiyalar talab qilayotgani, sanksiya ro‘yxati bilan bog‘liq qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazayotganini ta’kidlagan.
BAA vakilining aytishicha, mamlakat o‘zining jahon moliya tizimi butunligini himoya qilish roliga favqulodda jiddiy munosabatda bo‘ladi.
«Oshib borayotgan resurslar va biz amaliyotga joriy etgan tajribalar BAAning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish, mamlakat ichida ham tashqarisida ham noqonuniy tarmoqlarni buzish ishiga doimiy sodiqligini yanada mustahkamlaydi», — degan mulozim.
«Shu oy ichida Jo Bayden administratsiyasi BAAdagi bir nechta kemachilik kompaniyalariga Rossiya neftiga o‘rnatilgan yuqori narx chegarasiga amal qilmagani uchun «zarba bergan», — deb yozadi Bloomberg.
Qat’iylashtirilayotgan qoidalar barcha davlatlardan kelgan fuqarolar bilan bog‘liq, biroq sanksiyalar hajmi tufayli Rossiya kompaniyalari uchun vaziyat nihoyatda og‘irlashishi mumkin.
Bu o‘zgarishlarga qaramasdan, BAA hali sanksiyalarga duchor bo‘lmagan ko‘plab Rossiya kompaniyalari uchun afzal markazligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
23:17 / 15.11.2024
Rossiyada «o‘lik jonlar»ni urushga yuborgan «voyenkomat» xodimlari qo‘lga olindi
23:13 / 15.11.2024
Rossiyalik hakerlar Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilmoqda
20:48 / 15.11.2024
Tramp va Rossiya: «sevgi tariximi» yo siyosiy o‘yin?
17:51 / 15.11.2024