Ariza beruvçilar davlat xizmatidan foydalaniş uçun Davlat xizmatlari markaziga şaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron şaklda foydalaniş uçun YaIDXP (my.gov.uz)da röyxatdan ötadi.
Arizalar YaIDXP orqali dam oliş va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilişi mumkin.
Ariza beruvçidan tegişli ma’lumotnoma turi böyiça belgilangan ma’lumotlar va hujjatlardan taşqari boşqa hujjatlarni talab qiliş taqiqlanadi.
Arizani körib çiqiş uçun belgilangan miqdorlarda yiğim undiriladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslarga, şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga belgilangan yiğimning 50 foizi miqdorida çegirma qöllaniladi.
Notöğri ma’lumotlar körsatilişi, şuningdek, davlat xizmatlarini körsatiş uçun yiğimni tölamaslik davlat xizmatlarini körsatişni rad etiş uçun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlarini körsatişni boşqa asoslar böyiça rad etiş taqiqlanadi.
Ariza beruvçilar davlat xizmatlaridan foydalanişdan xizmat körsatişning har qanday bosqiçida boş tortiş huquqiga ega. Ariza beruvçi davlat xizmatlaridan foydalanişdan boş tortganda, uning sörovnomasi körilmasdan qoldiriladi. Bunda tölangan yiğim summasi qaytarilmaydi.
Tegişli sörovnoma töldirilib, ariza beruvçi tomonidan tasdiqlangandan söng barça hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron şaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa sörovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tuşgandan söng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvçining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvçini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Vakolatli organ tomonidan rasmiylaştirilgan ma’lumotnomada notöğri ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvçi 15 kun içida yiğim tölamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qiliş huquqiga ega.
















