Yakkasaroy tumanida joylashgan Turob To‘la va Furqat ko‘chasining chorrahasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Shu sababli 24 noyabr soat 09:00 dan boshlab, ishlar jarayonida yo‘lning bir tarafi yopilib, har ikki yo‘nalishga harakat yo‘lning ikkinchi tarafidan o‘tadi.

Poytaxt hokimligi yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilgan.