Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 24 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yunusobod tumani: “Yunus ota”, “Astrobod” hamda “Halqabog‘” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: “Madadkor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ta’kidlangan.















