Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Vengriyaga 900 mln yevro ajratishni ma’qulladi
Bryussel ajratilgan pul Vengriyaning Ukrainaga yordam berish bo‘yicha pozitsiyasiga ta’sir qilishini kutmoqda.
Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqining koronavirus pandemiyasidan keyingi tiklanish Yevropa jamg‘armasi doirasidagi mablag‘laridan Vengriyaga avans sifatida 900 million yevro ajratishni ma’qulladi, deb xabar berdi AFP 23 noyabr, payshanba kuni.
Bryussel Vengriyaga yordam rejasini 10,4 milliard yevroga oshirishga rozi bo‘ldi, bu endi Rossiyaning Ukrainaga kirishi natijasida yuzaga kelgan energiya inqirozi tufayli qo‘shimcha yordam choralarini o‘z ichiga oladi. YeI rasmiylari ajratilgan 900 million yevro miqdoridagi avans hech qanday shartlar bilan bog‘liq emasligini va inqiroz oqibatlarini zudlik bilan yumshatish uchun mo‘ljallanganligini ta’kidladi.
Pul qazib olinadigan yoqilg‘idan energiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan RePowerEU dasturi doirasida ajratilishi rejalashtirilgan. Qaror endi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan ma’qullanishi kerak, ehtimol bu a’zo mamlakatlar moliya vazirlari sammitida 8 dekabr kuni sodir bo‘ladi, deb yozadi Reuters.
Vengriyaning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi
Yevropa rasmiylari ajratilgan mablag‘ Vengriyaning Ukrainaga keyingi yordam bo‘yicha qaroriga hissa qo‘shishini kutmoqda, deb yozadi Reuters. Bosh vazir Viktor Orban hukumati Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 50 milliard yevro iqtisodiy va 20 milliard yevro harbiy yordam ko‘rsatish va YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi qarorini bloklagan, deb eslatadi Reuters.
Avvalroq Yevropa komissiyasi korrupsiya va Vengriyadagi demokratik me’yorlarga rioya qilmaslik xavotiri tufayli Budapeshtning blokning pandemiyadan keyingi iqtisodiy rag‘batlantirish dasturidagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026