Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Koreya – Markaziy Osiyo» formatida tahlil markazlari forumi tashkil etiladi
Seul shahrida ekspertlar «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» formatida Tahlil markazlari forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Seul shahrida «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» formatida tahlil markazlarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik forumi kotibiyati tomonidan tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori vazifasini bajaruvchi Fanil Qodirov va O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi diplomatlari ishtirok eti.
1991 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik natijalarini, shuningdek, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilishga qaratilgan muhokamalarda oltita muassasa vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar darajasini qo‘shma siyosiy strategiyalarni va istiqbolli hamkorlik dasturini ishlab chiqish orqali yanada oshirishda ilmiy-tadqiqot institutlarining o‘rni nihoyatda muhim ekanligi ta’kidlandi.
Ishtirokchilar Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo tahlil markazlari va ekspertlari o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» tahlil markazlari forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
2022 yil oktyabr oyida Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» 15-hamkorlik forumida O‘zbekiston tomoni Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo tahlil markazlari hamda ekspertlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan davra suhbatini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026