«Bir o‘pkaning «Matiz»i tagida qolib o‘lsam, juda alam qilgan bo‘lardi» - xorijdan kelgan jurnalist o‘zbekistonlik haydovchilar madaniyatsizligi haqida
U aravachadagi betob onasi bilan yo‘ldan o‘tayotganida «Matiz» katta tezlikda o‘tib ketgan.

Foto: Kun.uz
BBC jurnalisti Ibrat Safo feysbukdagi sahifasida O‘zbekistonga kelgan vaqtida o‘zini mashina urib ketishiga sal qolgani haqida yozdi.
«Onam betobligi uchun bir hafta vatanda bo‘lib qaytdim. Shuncha shok yetmagandek, onamni aravachada kechki sayrga olib chiqqan vaqtim mashina urib ketishiga sal qoldi. Ikki tomonga ham qarab, svetoforsiz burilishdan o‘tayotgan vaqtimiz, qayerdandir chiyillab bir «Matiz» juda katta tezlikda paydo bo‘ldi va menga tegar-tegmas burilib shu tezlikda yana g‘oyib bo‘ldi. Onamni ortimda enaga yetaklayotgandi, chuqurga tushsa oldidan men ko‘tarayotgandim. Mengayam, aravadagi qariyagayam tupurib qo‘ygandi bu «o‘pka».
Men muzdek qotib qolgan bo‘lsam, orqamdagi enaga va opam haydovchi ayolni va raqamni ko‘rib ulgurishibdi, militsiyaga sim qoqishdi. O‘nqir-cho‘nqir yo‘llarni kesib, bir amallab mahallaga kirsak, u shaloq «Matiz» mahalladoshimizniki ekan. Oyimcha hech narsa bo‘lmagandek uyiga kirib ketyapti. To‘xtatib savolga tutsam, tirjayib «endi o‘rganyapman-da», deydi. Yana «onangizni taniyman», deb qo‘yadi. Uzr-puzr yo‘q. Militsiya shu zahotiyoq yetib kelganiga hayron qoldim. Obketamiz deydi. U maymunsifat haydovchining darvozadan chiqqan ukasi «shep, shu yerda hal qilaylik» deya avval yalinib, keyin do‘q urishga o‘tdi. GAI ham yarim soat deganda yetib keldi. Akasi «rulda men edim» deya aldamoqchi, angladimki opasida prava yo‘q.
Harqalay mahalladosh ekan deya, davoim yo‘q deb yozib berdim. Opam davoim bor deb turvolganlar, men esa unga yalinaman. Shu yetmay turgandi o‘zi», deya voqeani tasvirlaydi jurnalist.
U O‘zbekistonda odamlarning o‘zaro munosabatlardagi hurmatsizligiga e’tibor qaratgan.
«Ertasiga Londonga uchib ketishim kerak, kechasi bilan uxlolmadim. Dunyoda shuncha yerlarni kezib, kelib-kelib shu qoloq tumanning ilma-teshik yo‘llarida, bir o‘pkaning «Matiz»i tagida qolib o‘lsam juda-juda alam qilgan bo‘lardi.
Yana alam qilgani — O‘zbekistonda odamning odamga bo‘lgan hurmatsizligi. Kuniga shunga duch kelaman har safar. Bir vaqtlar mehmondo‘st, mehr-oqibatli deya (o‘zimiz tomondan) olqishlangan xalqda zarracha madaniyat qolmagandek. Mashinalarni chingachkuklar haydab yuribdi. Qancha odam juvonmarg bo‘lib ketyapti bu marazlar dastidan. Bu yerda so‘kinmay qo‘yaqolay», deya yakunlagan u o‘z postini.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Rossiya tomonida turib jang qilishga yuborilgan qariyb 600 nafar KXDR harbiysi halok bo‘ldi
Jahon | 17:12
-
O‘zbekiston Kot-dʼIvuar bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00
-
Pokiston tomoni Hindiston 24-36 soat ichida zarba berishni rejalashtirganini aytmoqda
Jahon | 16:55
Mavzuga oid

14:22 / 29.04.2025
Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

11:17 / 25.04.2025