Moskvadagi Lefortovo sudi Rossiya rasmiylari tomonidan josuslikda ayblangan Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) naşri muxbiri Evan Gerşkoviçni hibsga oliş muddatini ikki oyga uzaytirdi. Moskva umumiy yurisdiksiya sudlarining Telegram-kanaliga köra, ehtiyot çorasi 2024 yil 30 yanvargaça uzaytirildi. Hammasi bölib Gerşkoviçning hibsda bölişi umumiy muddati 10 oyni taşkil qiladi.

Advokatlar avvalroq, himoyaçining fikriga köra, jurnalistga hibsga oliş bilan boğliq bölmagan ehtiyot çorasi qöllanişi mumkinligini bildirgan edi. Gerşkoviç işining materiallari maxfiy ostida saqlanmoqda.

Gerşkoviçning uşlanişi va hibsga olinişi 

Evan Gerşkoviç 2023 yil mart oyi oxirida Yekaterinburgda qölga olingan va josuslikda ayblangan. «FSB» ma’lumotlariga köra, jurnalist «Amerika tomoni körsatmasi böyiça Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». 

«FSB»ning tuşuntirişiça, amerikalik jurnalist «maxfiy ma’lumotlarni olişga urinayotganda» uşlangan. Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Gerşkoviç «pora ustida qölga olinganini» aytdi. Gerşkoviçning himoyasi jurnalist öz aybini tan olmasligini ta’kidladi. Hibsga olingan amerikalik muxbir Moskvadagi Lefortovo tergov izolyatorida saqlanmoqda.