28 noyabr kuni soat 14:58 da Toshkent metropolitenining “Qo‘yliq” bekatida noma’lum erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi.

Metropoliten matbuot kotibi To‘ychi Mirzayevning ma’lum qilishicha, hozirda huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

“Barcha xodimlarimiz erkakning o‘lganini aytyapti, lekin hali surishtiruv ishlari yakunlanmadi”, – dedi Mirzayev Kun.uz muxbiriga.

Qayd etilishicha, bu holat sabab yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to‘xtagan. Dastlabki surishtiruv ishlari yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.