“Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklari ta’minlanishiga rioya etilayotganini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganini reyting asosida baholovchi Inson huquq va erkinliklari indeksi joriy etiladi.

Bunda, Inson huquq va erkinliklari indeksi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi:

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini davlat organining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan shaxsiy qabullari holati;

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini davlat organining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan sayyor shaxsiy qabullari holati;

jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini davlat organining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsi tomonidan ommaviy qabullari holati;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxona veb-sayti, “Onlayn mahalla” platformasi, ishonch telefon raqami, mobil ilova orqali kelib tushgan shikoyatlar holati;

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishi holati.

Inson huquq va erkinliklari indeksini aniqlash Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash Huquq ustuvorligi avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan Tizimga tegishli statistik ma’lumotlar har yili 1 fevralga qadar kiritib boriladi;

b) Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan:

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hamda tegishli mezonlar bo‘yicha vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Tizim orqali aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishiga rioya etilayotganiga oid ijtimoiy so‘rovlar har yili 1 martga qadar o‘tkaziladi;

tizimga kiritilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda o‘tgan hisobot yili uchun Inson huquq va erkinliklari indeksi har yili 1 mayga qadar tuziladi;