Iqtisodiyot | 10:59 / 29.11.2023
20802
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston oktyabr oyida Xitoyga gaz eksportini biroz oshirdi

Biroq yil boshidan buyon ko‘k yonilg‘i yetkazib berishdan tushgan daromad ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.

Foto: Shutterstock

Oktyabr oyida O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi biroz oshdi, deya xabar beradi Spot Xitoy bojxona bosh boshqarmasiga tayanib.

O‘tgan oy davomida ko‘k yoqilg‘i eksportidan tushum 42,24 mln dollarni tashkil etib, ko‘rsatkich sentabr oyiga nisbatan 1,5 foizga yuqori bo‘lgan. Biroq, bu yoz oylari darajasidan sezilarli darajada pastligicha qolmoqda va qo‘shni Qozog‘iston eksporti O‘zbekistondan uch baravar ko‘proq oshib ketdi — 131,3 mln dollar.

Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni Turkmaniston saqlab qolmoqda hamda oktyabr oyida 666,1 mln dollarlik gaz eksport qilgan. Undan keyingi o‘rinda 386 mln dollar bilan Rossiya turibdi. Shuningdek Myanma ham 113,3 mln dollar bilan kuchli beshlikka kirgan.

Yil boshidan buyon Xitoy O‘zbekistondan bor-yo‘g‘i sakkiz oy davomida gaz qabul qilgan va bu jami 454,4 mln dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat oxirgi o‘rinni egalladi. 

Mavzuga oid