2024 yilda O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali 1 mln tonna Rossiya nefti yetkazilishi mumkin

Foto: kaztransoil.kz
Qozog‘iston magistral neft haydash bo‘yicha milliy operatori «Qaztransoyl» 2024 yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzitini uch barobarga — 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha oshirmoqchi.
Bu haqda kompaniya transportirovka departamenti direktori Abay Beysembayevning so‘zlarini Interfax keltirmoqda.
O‘zbekistonning «Sanoat Energetika Guruhi» (SANEG) kompaniyasi «Qaztransoyl»ga 2024 yilda 500 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilish va kelgusida tranzitni 1 mln tonnaga yetkazish imkoniyati bo‘yicha ariza bergan», — degan Abay Beysembayev. Shu sababli Qozog‘iston hududi orqali Rossiya neftini tranzit qilish hajmi 2024 yilda 500 ming tonnagacha oshirilishi ketilmoqda.
2023 yilda «Qaztransoyl» AJ magistral neft haydash quvurlari orqali Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti 154 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida «Qaztransoyl» AJ O‘zbekistonga 104 ming tonna Rossiya neftini haydab bergan.
2023 yilning II choragida haydalgan Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft hajmi 37,9 ming tonna bo‘lgan, I chorakda esa 10,7 ming tonna. Bundan kelib chiqadiki, Rossiyadan O‘zbekistonga Qozog‘iston magistral quvurlari orqali yetkazilayotgan neft hajmi tobora o‘sib bormoqda.
«Qaztransoyl» magistral neft haydash quvurlari orqali Rossiya neftini O‘zbekistonga yetkazish 2017 yilda boshlangan. O‘shanda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani tashkil etgan. 2018 yilda 36 ming tonna neft xarid qilingan. 2019–2022 yillarda Rossiya nefti Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga uzatilmagan.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT
Jahon | 12:31
-
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi
Jamiyat | 12:10
-
Erdo‘g‘an Rossiya va Kiyevni sulh bo‘yicha muzokaralarga imkon berishga chaqirdi
Jahon | 11:51
-
Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:34
Mavzuga oid

01:02
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

08:17 / 29.05.2025
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5,3 mlrd so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi

21:27 / 23.05.2025