Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov buyuk britaniyalik hamkasbi Devid Kemeron bilan uçraşdi. Uçraşuv Şimoliy Makedoniya poytaxti Skope şahridagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Vazirlar kengaşining 30-yiğilişi doirasida bölib ötgan.

«Buyuk Britaniyaning taşqi işlar, Hamdöstlik va taraqqiyot masalalari böyiça Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron janoblari bilan uçraşib, Özbekiston – Birlaşgan Qirollik hamkorligining asosiy yönalişlarini muhokama qilişdan mamnunmiz. Suhbat çoğida ikki tomonlama munosabatlarimizni barça sohalarda mustahkamlaş borasida kelgusidagi sa’y-harakatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş böyiça takliflarni ham körib çiqdik», – deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Ma’lumot uçun, Devid Kemeron 2010-2016 yillarda Buyuk Britaniya boş vaziri bölgan, 2023 yil noyabr oyi örtalarida mamlakat taşqi işlar vaziri etib tayinlangandi.

Baxtiyor Saidov YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi direktori Matteo Mekaççi bilan uçraşdi.

«Janob Mekaççining yaqinda Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi yakunlariga töxtalib, kelgusi yillar uçun hamkorlik rejalarini belgilab oldik», – dedi TIV rahbari.

Bundan taşqari, Özbekiston taşqi işlar vaziri YeXHTning ozçiliklar böyiça Oliy komissari Qayrat Abdrahmonov bilan uçraşdi. U bilan YeXHT makonida millatlararo totuvlik va bağrikenglik tamoyillarini ilgari suriş böyiça hamkorlikni muhokama qildi.

Baxtiyor Saidov Kanada taşqi işlar vazirining parlament kotibi Rob Olifant bilan esa Özbekiston va Kanada örtasidagi hamkorlikning foydalanilmagan salohiyati, ikki tomonlama kun tartibini kengaytiriş uçun ulkan imkoniyatlar haqida suhbatlaşdi.