Ukrainadagi urushning 644-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • RF mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini Baxmut yaqinidagi Artemovskni (rossiyalik harbiylar Xromovoni shunday ataydi) egallagani haqida xabar berdi. 24 noyabr kuni Yutub laqabli ukrainalik harbiylardan biri Baxmut yo‘nalishidagi vaziyatni tasvirlarkan, ukrain kuchlari Xromovoni nazorat qilmayotgani haqida gapirgandi.
  • Ukraina armiyasi ilk Leopard 1A5 tankidan ayrildi.
  • Ukrainada general-mayor Vladimir Zavadskiy halok bo‘ldi. Bu RF qo‘shinlarining keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon yo‘qotgan yettinchi generalidir. RF mudofaa vazirligi hozircha Zavadskiyning o‘limini tasdiqlamadi.
  • Putin AQShdagi prezidentlik saylovlari yakuniga qadar harbiy harakatlarni to‘xtatmoqchi emas, deb hisoblamoqda Davlat departamentidagilar.
  • The Economist manbasi Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi munosabatlarni «qo‘rqinchli» deb atadi. Ukraina prezidenti ofisidagilar bo‘linishni rad etmoqda.
  • Anneksiya qilingan Donetsk ma’muriyati saytida Adam Qodirovga shaharning faxriy fuqarosi maqomi berilgani to‘g‘risida xabar joylashtirildi. Mer Aleksey Kulemzin sayt buzib kirilganini aytdi.
  • Ukraina sudi Qrimdan Federatsiya Kengashiga a’zo bo‘lgan Olga Kovitidini sirtdan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Shved qirollik oilasi a’zolari ukrain askarlari mashg‘ulotida

Shvetsiya valiahd malikasi Viktoriya va shahzoda Daniel Sharqiy Angliyadagi STANTA o‘quv lageridagi harbiy bazada. Bu yerda shved harbiylari Buyuk Britaniya rahbarligidagi «Interflex» operatsiyasi doirasida ukrainalik askarlarni tayyorlamoqda
Alastair Grant / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar Sharqiy Angliyadagi mashg‘ulot chog‘ida
Alastair Grant / Reuters / Scanpix / LETA
Valiahd malika Viktoriya Bosh shtab boshlig‘i, general Patrik Sanders bilan gaplashmoqda