Mazkur reyting taşkilotiga jalb etilgan xalqaro ekspertlar va “IARS” Hakamlar qömitasi baholari natijalariga köra, boşqaruvga innovatsion yondaşuv, sifatli ta’lim va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining joriy etilişi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining takomillaştirilişi, universitetning öquv-texnologik jihozlari sifat darajasi, talabalarning ijodiy va sport sohasidagi yuqori salohiyati, jamoada korporativ madaniyatni şakllantirilişi böyiça Farğona davlat universiteti rektori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov - Kanada Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (IARS) reytingda “Yil rektori – 2023” tanlovi ğolibi deb e’lon qilindi.

Şuningdek, Farğona davlat universiteti - strategik, korporativ va individual rivojlaniş darajasi böyiça Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (IARS) reytingida “Yil universiteti – 2023” xalqaro tanlovi nominatsiyasi ğolibi deb e’lon qilindi.

Şuningdek, reyting ğolibi bölgan FarDU rektoriga Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi - IARC rasmiy veb-saytining “Xalqaro tribuna” bölimida öz ilmiy maqolalarini (https://achievemenscenter.com/iarc-evens/academic-honor-society/international-tribune/about-international-tribune) bepul çop etiş hamda “Yil rektori – 2023” brendidan abadiy foydalaniş xalqaro huquqi berildi.
Uşbu xalqaro tanlovning maqsadi - oliy ta’lim muassasalarining yillar davomida erişgan xalqaro yutuqlarini jahon hamjamiyatiga keng namoyiş etişga qaratilgan. Bunda mahalliy, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda jahon andozalari darajasidagi muassasa böliş uçun katta salohiyat va ijodkorlikni namoyon etgan hamda ilm-fanga salmoqli hissa qöşgan innovatsion oliy ta’lim muassasalari jamoatçilik tomonidan e’tirof etiladi va taqdirlanadi.












