Farğona davlat universiteti qoşidagi Harbiy kafedra talabalarining öz öqituvçisi tomonidan kaltaklanayotgani tasvirlangan video va ularning murojaati elektron OAV  hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uşbu hodisaga munosabat bildirib, voqeani örganiş işlari boşlanganini aytmoqda.

“Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari tomonidan örganiş işlari amalga oşirilmoqda. Örganiş natijalaridan söng, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Farğona davlat universiteti rektori nomiga uşbu bilim yurtining Harbiy ta'lim yönalişida katta öqituvçi lavozimida işlab kelayotgan rezervdagi podpolkovnik Şohobiddin Tilavoldiyevga nisbatan çora köriş masalasi böyiça takliflar kiritilişi ma'lum qilinadi.

Ta'kidlaş joizki, Mudofaa vazirligi bu kabi pedagoglarning xatti-harakatlari yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va harbiy kasbga öqitiş jarayoniga mutlaqo zid ekanini qayd etadi. Şu kabi holatlarning  oldini oliş maqsadida vazirlik tomonidan respublikadagi qolgan ta'lim muassasalarining harbiy kafedra öqituvçilari bilan tegişli tuşuntiriş va profilaktik işlari olib boriladi”, deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tarqatgan rasmiy bayonotda.

Ma'lumot uçun, rezervdagi podpolkovnik Şohobiddin Tilavoldiyev 2011 yilda haqiqiy harbiy xizmatdan nafaqaga çiqqan. 2018 yilning 14 fevraldan Farğona davlat universiteti rektorining tegişli buyruği bilan mazkur bilim yurtining Harbiy ta'lim yönalişida katta öqituvçi lavozimida işlab kelmoqda.

Tilavoldiyev ijtimoiy tarmoqda tarqab ketgan lavha böyiça fikr bildirib, “darsga keç qolgan yigitlar köpayib ketgani, ularga xayfsan berilayotgani” haqida gapirgan. Uning aytişiça, ba'zida talabalarning intizomi uçun sökib bergan, lekin u heç kimni haqorat qilmagan.