Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Kun.uz söroviga köra taqdim etgan ma'lumotda aytilişiça, FarDU öqituvçisi totalizatorda katta miqdorda pul yutqazgaç öz joniga qasd qilgan.
«2021 yil 17 noyabr kuni soat 16:00larda FarDU öqituvçisi, Şahrixon tumani «Böston» MFYda yaşovçi B.R mazkur hududda joylaşgan qabriston navesiga böyin sohasidan özini osib, joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.
B.Rning jasadini sud-tibbiy ekspertiza mutaxassisi iştirokida közdan keçiriş davomida tan jarohatlari aniqlanmadi. Uning ölimi sabablarini aniqlaş yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib bormoqda», deyiladi ma'lumotda.
Olib borilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida B.R internet orqali tavakkalçilikka asoslangan totalizator öyinlari öynab kelgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, u 2021 yil 16 noyabr kuni Farğona şahrida yaşovçi «Hurşidbek» ismli şaxsdan mazkur totalizator öyinlarini öynaş uçun 57 million söm miqdoridagi pullarni qarzga olgan va pullarni yutqazib qöygan. Söng pullarni 18 noyabr kuni qaytarib berişni va'da qilib, uyidan olib kelib berişini aytgan.
18 noyabr kuni oila a'zolariga uni qabristondan topişlari töğrisida sms-xabarnoma yuborgan va şu kuni soat 17:30larda oila a'zolari tomonidan özi yaşayotgan mahalla qabristonidan özini osgan holatda topilgan.
Kun.uz hodisa yuzasidan izoh oliş uçun B.R işlagan FarDUdagi manba bilan boğlandi. Manba hodisa yuzasidan bildirgan munosabatda u bilan boşqa hodisa sodir bölgani ma'lum qildi.
«Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda B.Rning bevaqt vafoti böyiça turli talqindagi asossiz xabarlar tarqatilmoqda. Şu bois, holat böyiça aniqlik kiritgan holda ma'lum qilamizki, xodim B.R Söx tumani fuqarosidan kontrakt-şartnoma asosida öqişga kiritib qöyib şarti bilan pul olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ vakillari tomonidan taşkillangan tadbirda jinoyat asoslantirilgan.
2021 yilning 17 noyabr kuni B.R özi tuğilib ösgan Andijon viloyati, Şahrixon tumanida öz joniga qasd qiliş (suitsid) holatini amalga oşirgan. Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan voqea tafsilotlari örganilmoqda», deyiladi manba bergan ma'lumotda.













