«Özgidromet» 9–14 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo prognozi haqida ma’lumot berdi. Şu kunlarda mamlakat hududiga şimoldan bosqiçma-bosqiç sovuq havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. 

9 dekabr kuni respublikaning markaziy va şarqiy viloyatlarida, 10 dekabrda şimoliy va çöl hududlarida, 11 dekabrda respublika böyiça yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi, toğ oldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda kuçli böladi.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12−14 dekabr kunlari keçasi −10...−13 daraja, kunduzi −5...−8 darajagaça; şimolda keçasi −17...−20 daraja, kunduzi −9...−12 darajagaça pasayadi.

Bundan avvalroq, jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblari asosida Ural va Ğarbiy Qozoğiston orqali Rossiyasining şimoliy Yevropa hududlaridan 9−10 dekabr kunlari Özbekistonning şimoliy hududlariga, 11−12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelişi xabar qilingandi.