O‘zbekiston | 10:34 / 06.12.2023
3386
1 daqiqa o‘qiladi

G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov kecha tunda Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurdi.

Foto: Dunyo AA / Anvar Ilyosov

«Dunyo» xabariga ko‘ra, G‘ayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

1996 yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik xizmatini Yevropa davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan. TIV markaziy apparatida, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, shuningdek, mamlakatning Fransiya va Belgiyadagi elchixonalarida, NATO huzuridagi missiyada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2021 yillarda Yaponiyadagi elchi vazifasida faoliyat yuritgan.

Diplomat fransuz va ingliz tillarini biladi.

G‘ayrat Fozilov 2017–2023 yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga oid