Toshkentda Xalqaro hunarmandchilik instituti tashkil etiladi
Institutda o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Foto: O‘zA
Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida Xalqaro hunarmandchilik, badiiy san’at va dizayn institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Hunarmand” uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishtirokida Xalqaro hunarmandchilik, badiiy san’at va dizayn institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:
hunarmandchilik yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega kadrlar tayyorlash, jumladan «usta-shogird» an’analari asosida dual ta’lim tizimini keng joriy qilish;
hunarmandchilikning an’anaviy turlarini saqlab qolgan holda, zamon talablariga moslashtirish va rivojlantirish;
hunarmandchilik hamda zamonaviy arxitektura, qurilish, dizayn, to‘qimachilik va boshqa sanoat sohalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash;
usta-hunarmandlar tomonidan maktablarda amaliy saboq berish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga uslubiy ko‘maklashish;
hunarmandchilik sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy talablar asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.
Belgilab qo‘yilishicha:
institutda o‘qitish nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda institut tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda institut tomonidan belgilanadi;
institutga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish “Hunarmand” uyushmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda institut tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
shartnoma shartlariga muvofiq institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi;
institut rektori muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
institutda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori muassis tomonidan belgilanadi;
institut belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
Institut Toshkent shahri, Chilonzor tuman hokimligiga tegishli Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Do‘mbirobod ko‘chasi, 74-uyda joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi
Jahon | 12:22
-
«Arsenal» «Real»ni haqli ravishda chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi qayerda?
Sport | 12:20
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

08:45 / 07.08.2024
Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

11:27 / 27.07.2024