Nepalda Rossiya armiyasiga askar yollash bilan shug‘ullangan 12 kishi ushlandi
Ushlanganlar nepalliklarni Rossiya qurolli kuchlariga yollanish uchun noqonuniy ravishda yuborganlikda ayblanmoqda. Avvalroq Nepal rasmiylari Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan olti nafar fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqlagan edi.
Nepalda politsiya 12 kishini yosh yigitlarni Rossiya armiyasiga yollanish uchun noqonuniy yuborganlikda ayblab qo‘lga oldi, deb xabar berdi Nepal politsiyasi vakili 6 dekabr, chorshanba kuni. Unga ko‘ra, qo‘lga olinganlar nepallik yosh yigitlarni Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari orqali Rossiyaga jo‘natish uchun hujjatlar va vizalar olgan.
«Keyin bu yigitlar armiyaga jalb qilingan. Qancha odam shu yo‘l bilan yollangani noma’lum, ammo tergov davom etmoqda», - dedi politsiya vakili. Uning aytishicha, ko‘ngillilarning har biriga Rossiyaga odam jo‘natish uchun 8500 dollargacha pul to‘langan.
Nepal hukumati o‘z fuqarolariga xorijlik yollanma askar sifatida jang qilishga ruxsat bermaydi - Hindiston va Buyuk Britaniyani o‘z ichiga olgan qator do‘st davlatlarning milliy armiyalari bundan mustasno. Nepal jangchilari Hindistondagi ingliz mustamlakachi qo‘shinlari safida jang qilishda ham o‘zining jasorati bilan mashhur bo‘lgan.
Ukrainada nepallik yollanma askarlarning o‘limi
Bir kun avval Nepal rasmiylari Ukrainada Rossiya tomonida yollanma askar sifatida jang qilgan olti nepallik halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Yana bir yollanma askar asirga olingan. Katmandu hukumati Moskvani nepalliklarni yollashni to‘xtatib, ularni vataniga qaytarishga chaqirdi.
Oktyabr oyida The New York Times (NYT) Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan va Ukraina urushiga kirgan o‘nlab nepalliklar haqida xabar bergan edi. Ularning ko‘pchiligi, gazeta yozishicha, mamlakatdagi qashshoqlik va ishsizlik tufayli shunday qilgan. Shu bilan birga, ba’zi nepalliklar (ularning soni kamroq) Ukrainaga borib, u yerda xorijiy legionlarda rus armiyasiga qarshi jang qilyapti.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024