Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar, şuningdek, inson huquqlarini ta’minlaş, global iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş masalalarida Özbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorligini mustahkamlaş borasida parlamentlar salohiyatidan keng foydalaniş masalalari muhokama qilindi. 

Avstriya parlamenti vakillari qayta tiklanadigan energiya manbalari, xususan, şamol energiyasidan foydalaniş yönalişida Özbekiston bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Islandiya delegatsiyasi rahbari bilan uçraşuvda parlamentlararo munosabatlarni yölga qöyiş borasida fikr almaşildi. Islandiya tomoni Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Özbekiston bilan aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdor ekanini qayd etdi. 

Polşa Senati a’zosi bilan bölib ötgan muloqotda ekologik muammolarning oqibatlarini bartaraf etiş yönalişida hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga e’tibor qaratildi. Polşa tomoni Orolböyi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlaşda YeI ijtimoiy jamğarmasi bilan hamkorlikda qöşma loyihalarni amalga oşiriş taklifini bildirdi. Şuningdek, çöllanib borayotgan hududlarda örmon massivlarini barpo etişda özaro tajriba almaşişga kelişib olindi. 

Ruminiya parlamenti vakili bilan bölib ötgan uçraşuvda ikki davlat parlamentlari örtasidagi aloqalarni kuçaytiriş masalasi ustuvor böldi. Şuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda ta’lim, qişloq xöjaligi, ilmiy tadqiqot yönalişlarida özaro tajriba almaşiş kabi jihatlarga e’tibor qaratiş maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. 

Sloveniya delegatsiyasi rahbari bilan bölib ötgan suhbat davomida ikki davlat parlamentlari a’zolari örtasida yaqin aloqalarni yölga qöyiş orqali parlamentlararo hamkorlikni faollaştirişga kelişib olindi.