Yandex Go Özbekistonning öndan ortiq şaharlarida mobil ilova orqali taksi yollaş xizmatini körsatadi. Bu yirik servis olayotgan daromadidan Özbekistonda soliq tölamasligi jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölgaç, noyabr oyida Soliq qömitasi kompaniyaning yuridik egasi – Niderlandiyada röyxatdan ötgan “Ridetech International”ga murojaat qilib, xizmatni Özbekistonning soliq rezidentiga aylantirişni talab qilgan, buning uçun 1 dekabrgaça muhlat berib, aks holda platforma bloklanişidan ogohlantirgandi.
Soliq qömitasining 1 dekabr kuni ma’lum qilişiça, Yandex Go Özbekiston soliq rezidentiga aylangan va endilikda undan soliq undiriş boşlanadi.
“Joriy yil 1 dekabrdan boşlab Yandex Go xizmati Özbekiston Respublikasi hududida soliq rezidenti –“YandexGo UB” MÇJ yuridik şaxs tomonidan taqdim etiladi. Şu kundan boşlab Yandex Go xizmati öz hisob-kitoblarini Özbekiston Respublikasi qonunçiligi talablari asosida yuritadi, birlamçi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni tölaydi. Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qömitasini rasmiy xat orqali xabardor qildi”, deyiladi qömita xabarida.
Kun.uz: “Yandex Go 2023 yil 1 dekabrdan tölaşi kerak bölgan foyda soliği, QQS, dividend va boşqa soliqlarni tölayaptimi?” degan savol bilan Soliq qömitasiga murojaat qildi.
Qömita axborot xizmatining ma’lum qilişiça, Soliq kodeksiga muvofiq, Yandex Go ham barça soliq tölovçilar kabi tovar aylanmasidan QQS, olingan foydadan foyda soliği va undan dividend hisoblanganida dividend soliği tölovçisi bölgan. Bu soliqlar böyiça hisobotlarni (QQS 20.01.2024 yilgaça, foyda soliği 01.03.2024 yilgaça va dividend hisoblangan oydan keyingi oyning 20-sanasigaça) taqdim etişi va uşbu sanaga qadar tölovni amalga oşirişi lozim.
Soliq qömitasining qöşimça qilişiça, soliq tölovçi tomonidan tölangan soliqlar va uning mavjud qarzdorligi böyiça ma’lumotlar soliq organi tomonidan oçiq e’lon qilinişi mumkin.
Kun.uz qömitaga: “Yandex Taxi servis xizmati Özbekistonda öz faoliyatini boşlaganiga 5 yildan oşdi















