Orolbo‘yidagi aholi punktlariga Saudiyaning gumanitar va moliyaviy-texnik yordami jalb etiladi
Toshkent va Namangan shaharlarida beg‘araz yurak jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.

Foto: Dunyo
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati va Butunjahon islom olami uyushmasi mas’ul xodimlari o‘rtasida video-konferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, onlayn uchrashuvda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Farhod Toshpo‘latov, mamlakat elchixonasi xodimlari, Saudiya tomonidan Butunjahon islom olami uyushmasi bosh kotibining yordam va rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Iyman Falemban ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida hamda Orolbo‘yi mintaqasi aholi punktlariga Saudiya Arabistonining gumanitar va moliyaviy-texnik yordamini jalb etish, Toshkent va Namangan shaharlarida beg‘araz yurak jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
- Butunjahon islom uyushmasi O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlash va jadal rivojlantirishdan manfaatdor, - dedi u. - Jumladan, O‘zbekistonda beg‘araz yurak, suyak va ko‘z jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirishga tayyormiz.
Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Farhod Toshpo‘latov birinchi bosqichda Toshkent va Namangan shaharlarida 100 dan ziyod muhtoj bemorlarga yurak jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Muloqot davomida, shuningdek, saudiyalik shifokorlarning O‘zbekistonga ishchi tashrifini tashkil etish, yurak jarrohligi amaliyotlarini bajarish muddatlari, bemorlarning yosh toifasini belgilash va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

03:47 / 26.03.2025
Zelenskiy AQShning Ukraina va Rossiya bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

17:38 / 25.03.2025