Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari Badriddin Obidov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Venada bölib ötgan savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining 8-yiğilişida iştirok etdi.

«Dunyo» xabariga köra, tomonlar Özbekiston va Avstriyaning iqtisodiy hamda ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati haqida ma’lumot almaşdi hamda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini belgilab oldi. Moliya, turizm, toğ-kon sanoati, «yaşil» texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalari, infratuzilma va transportni rivojlantiriş, soğliqni saqlaş tizimini modernizatsiya qiliş, qişloq xöjaligida nou-hau sohalarida hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Delegatsiyalar hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini 2024 yilda Özbekistonda ötkaziş töğrisida kelişib oldi. Yiğiliş yakunida tegişli bayonnoma imzolandi.

Özbekiston delegatsiyasining taşrifi doirasida Avstriya tomoni kömagida uşbu mamlakat kompaniyalarining 100 dan ortiq vakillari iştirokida biznes-forum taşkil etildi.

Avstriya Iqtisodiy palatasi vitse-prezidenti Filipp Gadi biznes-forumdagi nutqida mamlakat kompaniyalarini Özbekiston bilan faol hamkorlik qilişga çaqirdi. Qayd etilganidek, Avstriya kompaniyalari bilan quriliş, toğ-kon sanoati, kimyo, tibbiyot, qişloq xöjaligi sohalarida muvaffaqiyatli hamkorlik örnatilgan.

Avstriya kompaniyalarining Özbekistondagi iştirokini oşiriş maqsadida yaqin vaqt içida Toşkent şahrida Avstriya Iqtisodiy palatasi vakolatxonasi oçilişi ma’lum qilindi, u bir vaqtning özida Avstriya elçixonasining iqtisodiy bölimi vazifasini ham bajaradi.