13:04 / 11.12.2023
3960

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda mehmonxona biznesiga sarmoya kiritmoqchi

O‘zbekiston elchisi va Saudiya Arabistonining yirik kompaniyasi vakili avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni poytaxtida Acwa Power kompaniyasining mamlakat bo‘yicha mas’ul vakili Bashir al-G‘urayd bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish hamda ikki davlat o‘rtasida oliy va yuqori darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amaliy amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

«16 dekabr kuni ikki davlat ishbilarmonlar kengashi rahbarlari o‘rtasida video-konferensiya tarzidagi uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbirda ham O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining yirik ishbilarmon doira vakillari o‘zlarining aniq ishlab chiqqan loyihalari bilan ishtirok etishi kutilyapti», - dedi u.

Bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida tomonlar joriy yil yakuniga qadar tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va Saudiya kompaniyasining O‘zbekistonda mehmonxona biznesiga sarmoya kiritishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan muzokaralarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Top