Buxorolik jadid Usmonxöja Pölatxöjayevning uyi davlat tasarrufiga ötib, u yerda dunyodagi birinçi jadidlar muzeyi taşkil qilinadigan böldi. Bu haqda jadidçilikka bağişlab Toşkentda ötkazilayotgan anjumanda ma’lumot berildi.

Usmonxöja Pölatxöjayevning Turkiyada yaşaydigan öğli Temur Xöjaning ma’lum qilişiça, muzey Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi kömagida şakllantiriladi.

ÖzFA Tarix instituti rahbari Azamat Ziyoning aytişiça, Usmon Xöjaning uyini bir paytlar sovet hokimiyati musodara qilgan. Özbekiston mustaqillikka erişganidan keyin ham uy boşqalarga ötib ketgan.

“Eng katta yutuğimiz – uşbu masalaning davlat rahbariyati darajasida hal qilinganida böldi. Şuningdek, öşa uyning egasi rozi qilinib, qayta sotib olindi va u yerda hozir jadidçilik muzeyi taşkil qilinyapti. Şu işni qilsa bölarmikan deb yurardim. Şu uy egasiga qaytganiga, ham u yerda jadidçilik tarixiga bağişlangan muzey oçilayotganiga juda xursand böldim”, – dedi Azamat Ziyo Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Tarix instituti rahbari jadidçilik harakati faollaridan biri bölgan Sadriddin Ayniyga asoslanib aytişiça, Buxoroning özida 3 mingdan ortiq jadid bölgan. Tarixçilar ayni paytgaça ularning 250 ga yaqinining şaxsi aniqlangan.

“Ulardan köpçiligining tarjimayi hollarini topib yozdik. Hayoti va faoliyati bilan boğliq yiğiş mumkin bölgan ma’lumotlarini, jadidçilik böyiça qilingan ilmiy işlarini ham töpladik”, – deydi Azamat Ziyo.

Ma’lumot uçun, Usmonxöja Pölatxöjayev 1920 yilda Buxoro amirligi tugatilganidan keyin taşkil etilgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasining moliya noziri, 1922 yilda Markaziy ijroiy komiteti (hukumat) rahbari lavozimini egallagan. U davlat arbobi bölib, Buxorodagi ilk jadid maktablaridan biriga asos solgan.

BXSR 1924 yilda, milliy-hududiy çegaralar belgilanişi ortidan tugatilgan.