Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tusk Polsha bosh vaziri etib saylandi
Tuskning bosh vazir lavozimiga nomzodi uchun 248 deputat yoqlab ovoz berdi, 201 deputat qarshi chiqdi. Polshaning yangi hukumati 13 dekabrdayoq qasamyod qilishi mumkin.
Foto: picture-alliance/dpa/T. Roge
Polsha parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan yevropaparast siyosatchi Donald Tuskni mamlakatning navbatdagi bosh vaziri etib sayladi va unga respublikaning yangi hukumatini shakllantirish vazifasi yuklandi. 11 dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Seymning 248 deputati Tusk nomzodini yoqlab ovoz berdi, yana 201 nafar parlamentariy esa qarshi chiqdi.
Avvalroq Seym konservativ «Qonun va adolat» partiyasidan amaldagi bosh vazir Mateush Moravetskiyga ishonsizlik bildirgan edi: 266 deputat uning vakolatlari uzaytirilishiga qarshi chiqqan, 190 kishi esa Moravetskiyga ovoz bergan.
Tusk 12 dekabr kuni parlamentga hukumat dasturini taqdim etishi kutilmoqda, shundan so‘ng unga ishonch votumi beriladi. Shundan keyin yangi vazirlar mahkamasi 13 dekabr kuni qasamyod keltirishi mumkin, bu Tuskka shu hafta oxirida Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI sammitida Polshaning yangi bosh vaziri sifatida qatnashish imkonini beradi.
Seym saylovlaridan keyin Polshada hokimiyat uchun kurash
Donald Tusk 2007-2014 yillarda Polsha bosh vaziri bo‘lgan va 2014-2019 yillarda Yevropa kengashi raisi lavozimida ishlagan. Uning bosh vazir lavozimiga qaytishi 15 oktyabrda bo‘lib o‘tgan so‘nggi parlament saylovlari tufayli mumkin bo‘ldi. Natijalarga ko‘ra, «Qonun va adolat» partiyasi ko‘pchilik ovoz olib, parlamentdagi 460 o‘rindan 194 tasini egallagan bo‘lsa-da, hukumatni shakllantirish uchun ittifoqchi topa olmadi. Ayni paytda, muxolifatning uchta partiyasi - Tuskning «Fuqarolik platformasi», shuningdek, «Uchinchi yo‘l» va «Yangi so‘llar»dan iborat «Fuqarolik koalitsiyasi» bloki parlamentda 248 o‘ringa ega bo‘ldi va koalitsiya kelishuvi bo‘yicha kelishib oldi.
Polsha prezidenti Anjyey Duda noyabr oyi oxirida muvaqqat hukumatni qasamyodga keltirdi hamda vazirlar mahkamasi tarkibini Dudaga Mateush Moravetskiy taqdim etdi. Biroq, vaqtinchalik hukumatning ishlashi uchun Seym ovozi kerak edi, bu jarayon esa oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Muxolifat Dudani yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish jarayonini bir necha haftaga kechiktirish niyatida ekanlikda aybladi.
Mavzuga oid
09:54 / 28.03.2026
Polsha minglab o‘zbekistonliklarni ishga olmoqchi
11:53 / 25.03.2026
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
18:09 / 23.03.2026
Polshalik erkak haydovchilik guvohnomasi olish uchun nazariy imtihondan 139-urinishda o‘tdi
10:20 / 23.03.2026