Farğona viloyatining Quvasoy şahar tibbiyot birlaşmasida şifokor piçoqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 11 dekabr kuni Quvasoy şahar tibbiyot birlaşmasida fuqaro N.A. uşbu birlaşma boşliği N.X. bilan özaro kelişmovçilik sababli janjallaşib, yonida bölgan piçoq bilan unga oğir tan jarohati yetkazgan.
Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning «Daryo» söroviga köra aniqlik kiritişiça, voqea kuni 27 yoşli A.N. Nexia-3 maşinasida kirib kelgan. Quvasoy şahar tibbiyot birlaşmasi boşliği N.X. uni töxtatib, şifoxona hududida avtomaşinasini tez haydagani böyiça tanbeh berib, tuşuntirmoqçi bölganida u şifokor bilan özaro janjallaşib ketgan.
Janjal davomida şifokor A.N.ning yuz qismiga qöllari bilan urgan. A.N. esa yonida bölgan piçoq bilan N.X.ning tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda N.X. tan jarohati olib, şifoxonaga murojaat qilgan.
Quvasoy şahar tibbiyot birlaşmasi bergan dastlabki ma’lumotnomaga köra, N.X.da öng tomonlama kökrak qafasi oldi yuzasi qöltiq osti çiziği böylab 5-, 6-qovurğalar oraliğiga 1,5-1 santimetr atrofidagi kökrak qafasini teşib ötgan jarohati hamda ömrov örta çiziği böylab 7-, 8-qovurğalar oraliq sohasiga 1,5-0,5 santimetr kökrak qafasini teşib ötmagan jarohatlar mavjudligi körsatilgan.
Holat yuzasidan şahar IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni işlatib qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi N.A. uşlangan.
















