O‘zbekiston | 08:46 / 12.12.2023
2773
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lganlarga stipendiya to‘lanadi

Bu - Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lganligi uchun umrbod oylik to‘lovlar tayinlangan sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Foto: Getty Images

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Vazirlik stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonning sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Nizom qoidalari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lganligi uchun umrbod oylik to‘lovlar tayinlangan sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Vazirlikning stipendiya komissiyasi:

sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdim qilinadigan stipendiyaga nomzod sportchilarning ro‘yxatini ko‘rib chiqadi;
sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqiyligini va mazkur mezonlarga mosligini tekshiradi;
sportchilarga stipendiya tayinlash yoki stipendiya to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Stipendiya miqdori – 3 MHEKM.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid