Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari Badriddin Obidov va Yevropa taşqi faoliyat xizmati Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari böyiça direktori örinbosari Lyuk Devin hamraisligida Toşkent şahrida «Özbekiston – Yevropa Ittifoqi» hamkorlik qömitasining 19-yiğilişi bölib ötdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, tomonlar huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş böyiça hamkorlikning bugungi holati va uni yanada kengaytiriş istiqbollarini, şuningdek, 2024 yilga möljallangan siyosiy şeriklik holatini körib çiqdilar.

Moliyaviy-texnik, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi. Asosiy e’tibor Yevropa Ittifoqining Umumiy imtiyozlar tizimi (GSP+) afzalliklaridan foydalangan holda savdo tartib-qoidalarini liberallaştiriş va soddalaştiriş çora-tadbirlariga qaratildi.
Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmining ösiş dinamikasi yuqori baholandi. 2023 yilning 10 oyida ikki tomonlama savdo hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 36 foizga oşib, 4,8 milliard dollarni taşkil etdi. Bu boradagi işlarni tizimli davom ettiriş zarurligiga özaro işonç bildirildi. Özbekistondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga mahsulot eksporti hajmining ösişi alohida ta’kidlandi, 2021 yildan buyon bu körsatkiç 1,5 barobarga oşib, 2022 yil oxirida 794,6 million dollarni taşkil etdi.

Energetika sohasidagi şeriklik masalalari alohida muhokama qilindi. 2030 yilga borib Özbekiston iqtisodiyotining energiya siğimini 1,5 barobarga kamaytiriş va energiya samaradorligini 20 foizga oşiriş asosiy maqsad qilib qöyilgan. Bu yönalişda davlat-xususiy şeriklik asosida umumiy quvvati 11,5 GVt bölgan yirik quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça 28 ta şartnoma tuzildi. Umumiy quvvati 12,8 GVt bölgan yana 16 ta loyiha böyiça loyihalaş işlari va muzokaralar olib borilmoqda. Yevropa tomoni «yaşil energiya» loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşiriş uçun zarur maslahat yordamini körsatadi.
Yuk taşiş va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalasi muhokama qilinar ekan, Yevropa tomoni Transkaspiy xalqaro transport yönalişini rivojlantiriş orqali Özbekistonning transport yölaklarini diversifikatsiya qilişga qaratilgan sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.

















