Sankt-Peterburgdagi Krasnoye Selo şahrida uç nafar bola «Mangu olov»ni qor bilan öçirib qöydi. «Fontanka» naşri xabar berişiça, endi ular va ularning oilalari Rossiyadan çiqarib yuborilişi xavfi yuzaga kelgan.

Hodisa 10 dekabr kuni keçqurun röy bergan. Naşr e’lon qilgan videoyozuvda bolalardan biri «Mangu olov» ustiga hovuçlab qor taşlagani, yana ikki nafari esa uni gijgijlab turganini köriş mumkin.

Politsiya bolalarning şaxsiga aniqlik kiritgan — ular 10 va 14 yoşli aka-ukalar, şuningdek yana bir 12 yoşli bola bölgan. Politsiyadagilar bolalar va ularning ota-onalari «yaqin xorijiy davlatlardan birining fuqarolari» bölib çiqqanini ma’lum qilgan. Baza manbasi esa bu mamlakat — Özbekistonligini bildirgan.

Rossiya Içki işlar vazirligining Sankt-Peterburg böyiça boş boşqarmasi 11 dekabr kuni bolalarning oilasi kerakli hujjatlarni rasmiylaştirmasdan Rossiya hududida bölib turganini ma’lum qildi. Şu munosabat bilan politsiya ularni mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun sudga murojaat qilmoqçi.

  • Rossiyaning turli şaharlarida politsiya muntazam ravişda «Mangu olov»ga nisbatan qandaydir harakatlarni sodir etgan odamlarni hibsga oladi. Odatda ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisida protokollar tuziladi, ammo jinoiy işlar ham uçrab turadi — bunday işlar dafn joylarini tahqirlaş yoki natsizmni oqlaş haqidagi moddalar böyiça qözğatiladi.