Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni yöq qilganlik uçun undiriladigan jarimalar miqdori 10 baravarga, ösimliklarni ösişdan töxtaş darajasida şikastlantiriş yoki yöq qilganlik uçun 5 baravarga oşirildi.
Endilikda Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bir boş quşni noqonuniy ovlaganlik uçun çet el fuqarolariga 30 ming dollar, Özbekiston fuqarolariga esa 105 mln söm jarima tölaydi. Şunday turdagi quşlarning bir dona tuxumi esa quşni yöq qilganda tabiatga yetkazilgan zararning 40 foizi miqdorida baholanadi. Bu Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan quşning 1 dona tuxumi 12 ming dollar yoki 42 mln söm böladi degani.
Qoplon, tarğil sirtlon, ilvirs kabi hayvonlar noqonuniy ovlagani uçun Özbekiston fuqarolari 3 mlrd 150 mln söm, çet el fuqarolari esa 400 ming dollar tabiatga yetkazilgan zararni tölaşlariga töğri keladi. Röyxatdan sudralib yuruvçi hayvonlar, umurtqasiz jonivorlar hamda baliqlar ham joy olgan.
Jarimasi eng arzon hayvon örmon, qişloq va ovçilik xöjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvçilarga kirmaydigan boşqa sut emizuvçilar hisoblanadi. Mazkur turdagi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uçun 350 ming sömga yaqin, çet el fuqarolari esa 50 dollar jarima tölaydi.
Oldinroq Navoiyda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan ona-bola jayronni öldirgani va tabiatga 33 mln söm zarar yetkazgani aniqlangandi.

















