Argentinaning yangi iqtisodiyot vaziri Luis Kaputo hukumat pesoning rasmiy kursini 50 foizdan ortiq devalvatsiya qilganini aytdi. Bu haqda Buenos Aires Times yozdi.
Prezident Xaviyer Miley hukumati iqtisodiy inqirozning oldini oliş maqsadida pesoning keng kölamli devalvatsiyasini boşladi va bir qator boşqa çoralarni kördi. Iqtisodiyot vaziri Lui Kaputo sözlariga köra, dollar narxi 800 pesoga kötariladi, mamlakat valutasi 54 foizdan ortiq devalvatsiya qilinadi.
«Rasmiy ayirboşlaş kursi 1 dollar uçun 800 peso böladi, bu kun boşidagi 391 peso qiymatdan ikki barobar yuqori», dedi Kaputo inflatsiyaga qarşi kuraş va xarajatlarni kamaytiriş doirasidagi çoralarni e’lon qilarkan.
U, şuningdek, yoqilği va transport uçun davlat subsidiyalari qisqartirilişini ma’lum qildi. Hammasi bölib Kaputo önta çora-tadbirni e’lon qildi, ularning aksariyati davlat xarajatlarini qisqartirişga qaratilgan. Vazirliklar va kotibiyatlar sonini ikki barobarga qisqartiriş kabi oldindan e’lon qilingan qadamlar şular jumlasidan.
Viloyat hukumatlariga pul ötkazmalari («diskretsion transfertlar») ham bekor qilinadi va taşqi moliyalaştirişsiz amalga oşirilayotgan barça jamoat işlari loyihalari darhol töxtatiladi.
Kaputo e’lon qilgan boşqa çora-tadbirlar qatoriga barça davlat reklamalarini bir yilga töxtatib qöyiş ham kiradi. Uning sözlariga köra, bu 2023 yilda 34 milliard pesoga tuşgan. Transport va energetika uçun subsidiyalar ham qisqartiriladi — bu Argentina hukumati uçun katta xarajat, dedi u.
«Bu töğri yöl. Biz falokatning oldini olişimiz kerak. Pul yöq», dedi Kaputo va status-kvoni saqlab qoliş Argentinani yanada çuqurroq inqirozga olib kelişidan ogohlantirdi.
Kaputo devalvatsiya oqibatida xarid qiliş qobiliyatidagi yöqotişni qoplaş uçun hukumat bolalar nafaqalari va oziq-ovqat talonlari tölovlarini 50 foizga oşirişini ma’lum qildi.

















