Navoiy viloyatidagi maktablardan birining bir guruh öquvçilari sinf xonasida krossovkada kelgani uçun tanbeh eşitgan öquvçilar videosi yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Videoda öqituvçi bolalarning maktabga krossovkada kelişi mumkin emasligini aytib holatni tasvirga olib, ota-onalarga murojaat yöllagani körinadi.
«Mana hurmatli ota-onalar, krossovka kiyiş mumkin emas – deb «zavuç»ning özi ham aytib ketdi. Yil boşida ham aytdim, maktabga krossovka kiyiş mumkin emas deb. Jismoniy tarbiya böladigan bölsa, sumkasiga formasi bilan paketçaga solib, olib keliş kerak edi. Hozir endi birorta kişi kelib qolsa, nima böladi? Özingiz tasavvur qiling, mening joyimda [lavozimimda] siz ötiribsiz, tekşiriş keldi, nima qilasiz şunda?», – deydi öqituvçi.
Ma’lum bölişiça, holat Navoiy şahridagi 6-maktabda yuzaga kelgan. Holat yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Elmurod Ahmadaliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, ta’lim muassasalarida aynan sport oyoq kiyimida yurişga oid heç qanday taqiq mavjud emas.
«Ta’lim muassasalarimizda oyoq kiyim, aynan krossovka bilan boğliq biror bir çeklov yoki taqiqlar qöyilmagan hamda barça ta’lim muassasalarida özining namunaviy içki tartib, odob-axloq qoidalari belgilangan. Şunga muvofiq, qiş kunlarida yoki turli havo haroratining sovişi munosabati bilan ta’lim muassasalarimizda (ota-onalarimizdan şuni iltimos qilib qolamizki) öquvçilarimizga mos, yaraşgan, issiq kiyimboşlarda kelişlari tavsiya etiladi», – deydi mas’ul vakil.
Şuningdek, Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasiga köra, viloyatdagi umumta’lim maktablarida öquvçilar kiyimini tartibga soliş böyiça tekşiruv işlari olib borilişi belgilanmagan. Vaziyat böyiça 6-maktab ma’muriyati va öqituvçilariga zarur tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Ma’lumot uçun, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining tegişli buyruği bilan tasdiqlangan «Umumiy örta ta’lim muassasasining takomillaştirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»da öquvçilarga maktab hududida va dars jarayonlari davomida qöyiladigan talablar körsatib ötilgan. Unda maktablarga öquvçilar krossovkada kelmasligi kerak degan talab mavjud emas.

















