Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida tez yordam haydovçisi kaltaklandi. Bu haqda viloyat SSB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot berilişiça, Çiroqçi tumani tez tibbiy yordam bölimiga şu yilning 12 dekabr kuni soat 17:10 da Qahramon mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli Xöjaqörğon qişloğida yaşovçi, 1962 yilda tuğilgan ayol tomonidan qon bosimining kötarilişi şikoyati bilan çaqiriq berilgan. 8 kilometrlik masofaga tez tibbiy yordam brigadasi soat 17:24 da yetib borgan.

Xonadonda bemorning öğli ekani taxmin qilinayotgan şaxs tez tibbiy yordam maşinasi haydovçisi bilan janjallaşib, uning yuz qismiga jarohat yetkazgani aytilmoqda. Şunday vaziyatda ham tibbiy brigada a’zosi bölgan hamşira öz burçini bajarib, avval bemorga, söng haydovçiga birinçi yordam körsatgan. Avtomaşinani çaqiriqdan ortiga qaytariş uçun boşqa haydovçi çaqirtirişga töğri kelgan.

Holat yuzasidan içki işlar idoralariga xabar berilgan. Ayni paytda vaziyat viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi nazoratiga olingan.