Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan «Hisor» davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonga bir vaqtning özida törtta noyob qor qoploni tuşgan. Bu haqda qöriqxona axborot xizmati xabar bermoqda.
«Hisor» davlat qöriqxonasining Tanxozdaryo bölimi qöriqlaş xodimi J.Berdaliyev tomonidan örnatilgan foto-videoqopqonlar orqali qor qoplonlarining tödasi tasvirga olindi», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinişiça, avvallari ular 1−2 tadan uçrab turgan. Qöriqxona hududlarida ötkazilgan kuzgi monitoring natijalariga köra bu yerda 50-52 boş noyob qor qoplonlari yaşayotgani aniqlangan.
Qor qoploni noyob tur hisoblanadi. Uning tana uzunligi örtaça 130 santimetr, dumi 90 santimetr, oğirligi 75 kilogrammgaça böladi.
Qor qoplonlarining köriş, eşitiş va hidni his qiliş organlari yaxşi rivojlangan. Ular har ikki yilda bir marta bolalaydi va 21 yoşgaça umr körişlari mumkin. Ov qiliş uçun öljasiga toşlar orasidan yaqinlaşib, 6 metr va undan ham uzoqroqqa sakray oladi.
Qor qoplonlari Özbekistondan taşqari Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Ğarbiy Sibir, Janubiy Möğuliston, Xitoy, Afğoniston, Pokiston, Hindiston, Nepal va Butan kabi sanoqli davlatlarda uçraydi. Hozirda ularning soni 4 500 boş ekani aytiladi.
Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni yöq qilganlik uçun undiriladigan jarimalar miqdori 10 baravarga, ösimliklarni ösişdan töxtaş darajasida şikastlantiriş yoki yöq qilganlik uçun 5 baravarga oşirildi.
Endilikda Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qoplon, tarğil sirtlon, ilvirs kabi hayvonlar noqonuniy ovlagani uçun Özbekiston fuqarolari 3 mlrd 150 mln söm, çet el fuqarolari esa 400 ming dollar tabiatga yetkazilgan zararni tölaşlariga töğri keladi. Röyxatdan quşlar, sudralib yuruvçi hayvonlar, umurtqasiz jonivorlar hamda baliqlar ham joy olgan.
















