«Tekin sovg‘a tugaydi». Putin - g‘arbning Ukrainaga yordami haqida
U Ukraina qurolli kuchlari yirik qarshi hujumi doirasida «biror joyda aytarli yutuqqa erisha olmagani»ni ta’kidlagan.

Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jonli muloqot chog‘ida G‘arb Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordam tez orada tugashi haqida gapirdi.
Putinning fikricha, Ukraina iqtisodiyotining o‘zi hozirda hech narsa ishlab chiqarmayapti va ukrainlarga «barchasi tekinga olib kelinmoqda», ammo «tekin sovg‘a tugaydi».
Putin shuningdek Ukrainadagi urush faqat Rossiya o‘z maqsadlariga erishgandagina yakunlanishini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadlar «denatsifikatsiya», «demilitarizatsiya» va Ukrainaning betaraflik maqomi hisoblanadi.
Putinning fikricha, Ukrainaga «denatsifikatsiya» darkor, shuning uchunki Stepan Bandera — Ukraina qahramoni va prezident Volodimir Zelenskiy «oyoqqa turib gestapo zobitini olqishlaydi».
Putin ukrain harbiylari yirik qarshi hujumi vaqtida «hech qayerda hech narsaga erisha olmagani»ni qayd etib o‘tgan.
Uning fikricha, qarshi hujum g‘oyasi faqat G‘arbdan qo‘shimcha moliyalashtirish bo‘lishi uchun amalga oshirilgan.
«Bu aftidan, Ukraina rahbariyatining mamlakat ehtiyojlari, harbiy qismlar, texnikalar, o‘q-dorilar uchun qo‘shimcha pul so‘rash maqsadidagi xorijiy safarlari bilan bog‘liq. Yondashuv shunday ko‘rinadi: ular aylanib yurib, tilanchilik qilayotganida qarshi hujum deb atalgan harakatlar doirasida Ukraina qurolli kuchlarida nima qilib bo‘lsa ham, hech qanday yo‘qotishlar bilan hisoblashishmasdan bo‘lsa ham, nimagadir erishish imkoniyatiga egaligini ko‘rsatish kerak», — degan u.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, ukrainlar «yo‘q qilinishini tushungani» tufayli Dnipro daryosi orqali ko‘priklar qurib o‘tirmayapti.
«Men buni mamlakat siyosiy rahbariyatining ahmoqligi va mas’uliyatsizligi deb bilaman. Ammo bu ularning ishi», — degan Putin.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
Mavzuga oid

10:19
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan

09:55
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi

15:09 / 16.04.2025